Prezidentning “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini hamda xalqaro umummavsumiy tog‘-chang‘i kurortini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining:
- Jizzax viloyatining “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish;
- erkin turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obektlar qurish, shuningdek zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obektlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar erkin turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- erkin turistik zonada zamonaviy turizm infratuzilmasi obektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obektlar)ni, turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni ta'minlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish;
- hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘ziga xos turistik yo‘nalishlarni tashkil etish;
- transport vositalarining arzonligini ta'minlash, hududda transport harakatining yangi (avtobus, mikroavtobus, funikulyor va boshqalar), shu jumladan, muqobil energiya manbalarida harakatlanuvchi turlarini joriy etish, yo‘lovchi transporti yo‘nalishlarini kengaytirish, uning to‘xtovsiz harakatini tashkil etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish;
- turistlar xavfsizligining qo‘shimcha sharoitlarini, shu jumladan turistik infratuzilma obektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish, hududga keluvchi turistlar haqida yagona ma'lumotlar bazasini, favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish yo‘li bilan yaratish;
- erkin turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlari hamda investorlar (shu jumladan, xorijiy investorlar) uchun belgilangan alohida bojxona va soliq rejimlarini ta'minlash;
- energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qo‘llagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish asosida o‘ziga xos ekologik tizimni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish;















