Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi janjalli o‘yindan keyin 5 kishi 15 sutkaga qamaldi, 6 kishiga jinoyat ishi ochildi
Farg‘onada «Neftchi»-«Turon» o‘yinidan so‘ng yuzaga kelgan tartibsizliklarda ishtirok etgan besh nafar shaxsga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'lumotiga ko‘ra, janjal oqibatida bosh hakamda yuz qismi lat yeyish va tanasining shilinmalari, yordamchi hakamlarda esa tanaga turli ko‘rinishdagi jarohatlar yetkazilganligi aniqlangan.
«Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 277-moddasi 3-qismi «v» (ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda sodir etilgan bezorilik ) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Hozirda, jinoyat ishi doirasida 6 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan bo‘lib yana 2 nafar fuqaroning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, yana 5 nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida (mayda bezorilik) ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganliklari uchun, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda hamda tartibbuzarlik sodir qilgan barcha shaxslarni qonun oldida javob berilishi ta'minlanadi», deyiladi Tergov departamenti bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, «Neftchi» va «Turon» uchrashuvi tugaganidan keyin «Neftchi» futbolchilari va muxlislar hakamlarga hujum qildi. Vaziyatlarning birida farg‘onaliklar o‘yinchisi uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga oyoq bilan zarba bergan. Keyinchalik hakamni tepgan futbolchi 98-raqamli Jamshid To‘raqulov ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Bosh hakam Shavkat Nasibullayevda yuz qismi lat yeyish va tanasining shilinmalari, yordamchi hakamlar Rishat Nugmanov va Doniyor Saylavovda esa tanaga turli ko‘rinishdagi jarohatlar aniqlangan.
Ma'lumot uchun, ushbu bahsdagi g‘alaba evaziga «Turon» o‘z tarixida ilk marta Superligaga yo‘llanma olgan bo‘lsa, pley-offda to‘p surishi lozim bo‘lgan «Neftchi»ning keyingi taqdiri haqida O‘FA va PFL rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026