Birovga kömak beriş masalasida musulmon kişi nima qilişi kerak? Holatiga qarasin, unga yordam qilsin va bu doimo moddiy körinişda bölişi şart emas, deydi andijonlik Rustamjon domla Hamidov.

Baliqçi tumanidagi Oqqörğon masjidi imomi Rustamjon Hamidov Kun.uz’ga bergan intervyusida xayriya va muhtojlarga yordam beriş masalasida mulohazasini bildirdi.

— Ayni paytda kimdir xayriya uçun muhtojlikdan yordam sörasa yoki iltimosini bildirsa, odamlar xayriya söragan muhtoj odamga nisbatan tanqidiy köz bilan qaraşni örgandi. «Özining ikki qöli borku, işlamaydimi, nima uçun mehnat qilib pul topmaydi» yoki «bu tilançimi», degan ma'noda qaraşyapti. Siz bunday munosabatga qanday baho berasiz?

— Bir oddiy dindor sifatida men Qur'oni karimga amal qilaman. Qur'oni karimda bir oyat bor: «Ey, odamlar bir-birlaringga yaxşilikda yordam beringlar». Yordam söraş masalasida kelgan odamga musulmon kişi nima qilişi kerak? Holatiga qarasin, unga yordam qilsin, pul bilan emas...

Payğambarimiz alayhissalom şunday sörab kelgan odamga nima deganlar? «Sen nima qila olasan? Uyingda sotgani biror narsa bormi?» Qarang, şu odamning er-xotin yopinib yotadigan narsasi bor ekan. Uni rasululloh sotib yubordilar. Sotib turib, bir bolta olib berdilar. Xudo baraka bersin, deb duo qildilar. Bolta bilan ötin qilib, bozorga olib borib sotadigan qildilar.

Musulmon kişi boşqa bir musulmonga yordam sörab bordi. «Qornim oç qoldi, uyimda narsa qolmadi», dedimi, narigi odam ovqat bersa, ovqat bersin-da, endi buni söramaydigan qilib qöysin. Şu odamning qanday kasbi bor, qanday qilsam, işi yuradi?

Biz asosan yetim bolalar bilan işlaymiz. Moddiy va ma'naviy ta'minoti bilan şuğullanamiz. Bizga köp savol böladiki, bu bilan uni tanbal qilib qöymaysizmi? Men aytaman: «Siz işlaysiz-a? Uyda ayolingiz, uç nafar bolangiz bor. Işlab, pul topib, ularga oziq-ovqat olib kelasiz. Ular tanbal bölmaydimi?» Bizning bolalar hammasi yoş bolalar, yetim bolalar. Ularga hozir oziq-ovqat, kiyim-keçagini qilib beramiz-da, sal yoşi katta bölişni boşladimi, hunarga, öqişga beramiz. Onalarida nima hunar bor? Qişloqda çok tikadigan ayollarimiz köp. Çok maşina, pişiriq pişiradigan olib beradigan yoki körpa-töşak tikadigan ayollar bölsa, şunga dastmoya beradigan. Bu narsa albatta yölga qöyilişi kerak.