Sessiyada söz olgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Botir Zaripov prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 24 noyabr kuni ötgan navbatdagi videoselektor yiğilişida iş örinlari taşkil etiş, tadbirkorlar muammolarini hal qiliş va ularni qöllab-quvvatlaş borasida özibölarçilikka yöl qöyganligi uçun Jondor tuman hokimini lavozimidan ozod etiş masalasi qöyilganligini aytib ötdi. 

“Bunga yetarli asoslar bor, albatta. Masalan, oktyabr oyi reyting natijalari tahlili böyiça tumandagi sektor rahbarlari tomonidan aksariyat körsatkiçlarga yetarli e'tibor qaratilmaganligi sababli 13 ta tuman va şaharlar orasida Jondor tumani 12-örinni qayd etgan. 

Yangi Özbekiston şaroitida davlat siyosatining mazmuni, maqsadi juda oddiy: Ya'ni mehnat qilsang, rohat körasan. Davlatimiz va hukumatimiz şu mehnatga, emin-erkin işlaşga şaroit yaratib beryapti. Şu maqsadda qarorlar qabul qilinyapti, yönalişlar belgilab berilyapti. Lekin mahalliy hokimliklar, soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari ta'bir joiz bölsa, “qotib qolgan”. Jumladan, Jondorda ham. 

Yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan, Jondor tumanida ham mavjud infratuzilmadan yetarli darajada foydalanilmagan, hududni rivojlantiriş borasidagi işlar talab darajasida taşkil etilmagan, xizmat körsatiş sohasida rivojlangan tuman yoki şaharlar darajasidan kam bölmagan salohiyatga ega bölsa-da, bugungi kunga kelib tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida amalga oşirilgan işlar yetarli darajada emas hamda öz yeçimini topmagan köplab muammolar mavjud”, — dedi viloyat rahbari.

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari San'atillo Hikmatov Jondor tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Bundan oldin, Buxoro tumaniga yangi hokim tasdiqlangani xabar berilgandi.