Manbalarning ma'lum qilişiça, AQŞ Adliya vazirligi vakillari Vançjou bilan muzokaralar olib borib, unga qöyilayotgan ayblovlarning ba'zi bandlari böyiça özini aybdor deb tan olişni taklif qilişmoqda. AQŞda Huawei, uning şu'ba kompaniyalari va Vançjouga nisbatan 23 ta band, jumladan, sanoat josusligi va AQŞning Eronga qarşi sanksiyalarini buziş böyiça ayblovlar bildirilgan.
Agar Vançjou AQŞ hukumati bilan kelişuvga borsa, AQŞ Adliya vazirligi uning jinoiy ta'qib qilinişini keçiktirişi, keyinroq esa undan barça ayblovlarni olişi ham mumkin. Şu tariqa Vançjou Xitoyga qaytiş imkoniyatini qölga kiritadi. The Wall Street Journal’ning ta'kidlaşiça, bunday bitim tuzilişi, şuningdek, 2019 yilda Xitoyda hibsga olingan 2 kanadalikning öz vataniga qaytişiga imkon beradi.
2018 yil dekabrda Kanada va Xitoy örtasida Vankuverda Huawei direktori Men Vançjouning hibsga olinişi yuzasidan diplomatik ziddiyatlar vujudga kelgandi. Vançjou firibgarlik ayblovlari böyiça AQŞdan deportatsiya qilinişi mumkin. Şundan keyin Xitoy harakatlari milliy xavfsizlikka xavf solişda ayblangan 2 kanadalikni hibsga olgan. 2020 yil iyunda Xitoy prokuraturasi ularga josuslik böyiça ayblovlar bildirgan. Ottava öz fuqarolarining hibsga olinişini noqonuniy va siyosiy motivlaşgan deb hisoblamoqda.

















