Oqqörğon masjidi imom xatibi Rustamjon domla Hamidov tuman hokimi Jasurbek Abdurayimov bilan hamkorlikda köplab mana şunday xayriya loyihalarini taşkil etib kelmoqda.
Bunday xayrli işlarni e'tirof etgan holda, ibrat namunasi sifatida keng jamoatçilikka xabar berişni lozim topdik.


Şu maqsadda loyiha taşkilotçisi – Oqqörğon masjidi imom xatibi Rustamjon domla Hamidov bilan birga 500 ta muhtoj oilaga 1 tonnadan kömir tarqatiş jarayonida qatnaşdik.
Mazkur xayrli işga juda köplab saxovatli insonlar hissa qöşmoqda. Turli yoşdagi önlab köngillilar keltirilgan kömirlarni saralaş, qoplaş va egalariga yetkazib berişda xolis yordam berayotganiga guvoh böldik.


Rustamjon domla Hamidovning aytişiça, boquvçisiz qolgan oilalar röyxatidagi 500 ta oilaning aksariyati qişloqlarda yaşaydi.
«Bu oilalarni qişning sovuq kunlarida kömir va boşqa isitiş bilan boğliq muammolarini hal etişga baholi qudrat harakat qilyapmiz. Boquvçisiz qolgan bolajonlar yaşayotgan xonadonlarga kömir yetkazib bersak, marra bizniki. Lekin bu işlarimiz maqtanişga arzimaydi deb bilaman. Xayriya işlarimiz saxovatli insonlarning kömagi bilan bölyapti.


Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Qaysi bir odam boşqa bir birodarini taşvişi bilan yurar ekan, undagi ğamni aritmoqçi bölar ekan, Alloh bu odamning taşvişini aritadi». Şu kunlarda karantin, sovuq sababli qiynalgan odamlar köp. Qiynalgan insonlarga yordam beraylik. Şunda Alloh bizga yordam beradi»,














