

Bugungi kunda qator şaharlar va tuman markazlarida oqova tizimi qay darajada? Eski tizim qaçon yölga qöyilgan va qanday işlayapti? Bu savollarning javobi sohada yangi tizimning ahamiyati qay darajada ekanini oydinlaştiradi.
Misol uçun, Paxtakor tumani hududida 1970 yillarda markaziy oqova suv inşootlari va tarmoqlari qurilişi boşlangan. 1980 yillar boşlarida tumandagi köp qavatli uylar uçun kanalizatsiya tizimi işga tuşirilgan. Aksariyat hududlardagi kabi yillar davomida mazkur tizim eskirib, turli nosozliklar kuzatila boşlagan.
Tumanda 7 ta oqova suvlarni haydaş nasos stansiyalari mavjud bölib, şundan 5 tasi 40 foiz quvvatda işlab kelgan, qolgan 2 tasi maişiy çiqindilarga tölib, kömilib qolganligi natijasida mutlaqo işlamagan.
Yangi tizim esa sohani yana töliq oyoqqa turğaziş bilan bir qatorda, tizimni zamonaviy boşqarişga imkon beradi. Şu bilan birga aholiga sifatli xizmat körsatişni kafolatlaydi.
Yangi tizim imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot beriş maqsadida “Jizzax oqovasuv xizmati” mas'uliyati çeklangan jamiyati taşkil etgan seminar davomida mutaxassislar “Smart” texnologiyasi orqali masofadan boşqariladigan hamda energiya tejamkorligi (elektr energiyasini oldingi tizimga nisbatan 40 foizga tejaydi) bilan ajralib turuvçi “FLYGT” nasoslarining iş mexanizmi haqida yiğilganlarga atrofliça ma'lumot berişdi.


Şvetsiyada işlab çiqarilgan “Flugt” konseptor nasoslari bugungi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida oqova tizimida qöllaniladi.
Tizim imkoniyatlari hamda ilğor xorij texnologiyalarini faoliyatga tatbiq etiş borasida "Xylem Inc." korporatsiyasi vakillari batafsil töxtalib, tomonlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Bu nasoslar aqlli (smart) bölib, suv ostiga örnatilib, nasos işlaşiga inson omili deyarli ta'sir qilmaydi. Nasoslar özi avtomatik ravişda kelayotgan oqova suvlar miqdoriga mos ravişda işga tuşib, özi öçib, işçilar 8-10 metr çuqurlikka tuşib, is gazidan zaharlanib, oğir şaroitlarda işlaşiga barham berildi.

















