2017–2020 yillardagi holatlar tahliliga köra, öz çaqaloğini sotgan ayollarning 31 foizi bu işga oğir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tufayli, 17 foizi homilani yaşirişga harakat qilgani uçun, 52 foizi esa moddiy manfaat topiş yölida qöl urgan.
Bu haqda Odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş Milliy komissiyasining navbatdagi yiğilişida ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Yiğilişni olib borgan komissiya raisi Tanzila Norboyevaning qayd etişiça, Özbekistonda odam savdosi jinoyatlari oxirgi 5 yilda 6 baravarga kamaygan, lekin uning tarkibida çaqaloq va bolalar savdosi salmoği har yili surunkali ravişda oşib bormoqda.
«Dunyo böyiça odam savdosi qurbonlarining 30 foizi bolalar hisoblanadi. Özbekistonda esa 2018 yilda odam savdosi jinoyatlari içida çaqaloq savdosining uluşi 28 foizni, 2019 yilda 44 foizni taşkil etgan.
Sönggi uç yilda çaqaloq savdosidan jami 114 nafar bola jabrlanib, ularning asosiy qismi, ya'ni 89 foizi 1 yoşgaça bölgan bolalar hisoblanadi.
Çaqaloq sotib oluvçi şaxslar bilan ötkazilgan suhbat natijalariga köra, ular bu işga farzandi bölmagani, oilasini saqlab qoliş çorasi sifatida qöl uradi hamda bola öz aqlini tanib olmasdan, kiçikligida asrab olişim kerak, degan vajni keltirişadi», – dedi Tanzila Norboyeva 4 dekabr kuni bölib ötgan yiğilişda.

Bildirilişiça, çaqaloq savdosida iştirok etganlarning jinoiy javobgarlikka tortilmasligi bu jinoyatning köpayib borişiga zamin yaratmoqda.
Xususan, farzandini sotgan ota-onalarning 38,8 foiziga, vositaçilarning 5,2 foiziga qamoq çorasi qöllanilgan. Qolganlarga esa sinov muddati, axloq tuzatiş işlariga jalb etiş çoralari bilan çeklanilgan.
Komissiya raisi çaqaloq savdosida

















