Kun.uz tahririyatiga Yakkaboğ tumanida hokimning sobiq örinbosari Mansur Töymayevga öt qöyilgani bilan el oğizga tuşgan joydan yana murojaat kelib tuşdi. Muxbirlar vaziyatni örganiş, murojaatçilarga mikrofon tutiş maqsadida vaziyat yuz bergan joyda böldi.
Barçaning oğzida bitta gap: şu yil boşidan boşlab öz kuçini yöqotgan, biroq buza-buzlar çoğida amalda bölgan hukumatning 2006 yil №97-sonli qaroriga nega amal qilinmagan? Nega buzilgan joylar uçun kompensatsiya hanuz tölanmayapti?

Nurbek Beknazarovning hikoya qilişiça, ota-bobolari 60 yildan buyon istiqomat qilib kelayotgan uyining bir qismi buzilgan. Piyodalar yölkasi quriş uçun köçaga joy oçilgan. U buzilgan joy uçun kompensatsiya berilmaganidan şikoyat qildi. Boz ustiga, u eski imoratlar buzilgaç, oçilib qolgan joyni köçadan tösiş uçun muvaqqat devor kötarganida işçi guruh xodimlaridan dakki eşitganidan hayratda.

Buza-buzlar natijasida oilaviy tadbirkorlik – somsapazlik bilan şuğullanayotgan Muhayyo Mustafoyeva ham yöl hisobiga buzilgan somsaxona uçun tovon puli va yer uçastkasi va'da qilinganiga qaramasdan, haligaça na kompensatsiya va na yer berilganini ta'kidladi.

Nafisa Sobirovaning esa tikuvçilik sexi buldozer ğildiraklari ostida qoldi. «Mahalladagi beş nafar qizni işli qilib turuvdim», deydi u. Pişiq ğiştdan tiklangan imoratning hattoki ğiştlari ham egalariga berilmasdan, çiqindiga çiqarib taşlangan. Ayni paytda ularning foydasiga sud qarorlari ham çiqqan. Lekin sud qarori ijro etilmayapti.
Şahnoza Sodiqova oila a'zolari bilan faoliyat körsatib turgan dökoni ham buzilib, köça kengaytirilib, örnidan piyodalar yölagi tuşgan va dökon 5 metr içkariga olingan. Davlat ehtiyojlari uçun olingan joy evaziga na qöşimça yer maydoni, na tovon puli tölangan.

















