- Jasur Jaloliddinov «Spartak»ka qarshi bahsda ham «Tambov»ning qaydnomasidan o‘rin olmadi. Uning tarkibda emasligi nima bilan bog‘liq?

- Jaloliddinov ikki haftadan buyon O‘zbekistonda. Uni mamlakat yoshlar jamoasiga chaqirishgan. Shu sababli Jasur «Spartak» bilan o‘yinda tambovliklar safida yo‘q edi. Aks holda bu o‘yinga aniq tushgan bo‘lardi.

- «Tambov»da 6 oydan buyon maosh to‘lanmayotgani haqida xabar qilingandi. Bu holat klubda ijara asosida to‘p surayotgan Jasurga ta'sir qilmaydimi?

- Yo‘q, buning Jasurga ta'siri sezilmaydi.

- Uning maoshini hali ham «Lokomotiv» to‘layaptimi?

- «Lokomotiv» — nufuzli klub, bu borada savollar bo‘lishi mumkin emas. Ular Jasurning transferi misolida yaxshi investitsiyaga qo‘l urishdi. «Loko» to‘g‘ri qilganiga shubham yo‘q. Keyinchalik nima bo‘lishini ko‘ramiz.

- «Tambov» klubidagi qiyinchilik sababli Jaloliddinovning qishda «Lokomotiv»ga qaytib kelishi ehtimoli ham bormi?

- Bu savol menga emas, «Lokomotiv» klubiga. Bizda bundan boshqa takliflar ham mavjud. Jasurni o‘z safida ko‘rishni istayotgan boshqa klublar ham bor.

- Qaysi?

- Bu haqda gapirishga erta.

- Bu qiziqish xorij klublaridanmi yoki Rossiya Premer-ligasi jamoalarimi?

- Xorij klublaridan ham bor, Rossiya klublaridan ham. Jaloliddinov – Osiyoning eng iqtidorli yoshlaridan biri, unga talabgor juda ko‘p.

- Uning transferini Rossiyaga amalga oshirganingizdan afsuslanmayapsizmi? Balki unda boshqa chempionatlarda, boshqacha muhitda o‘ynab ketish imkoniyati ko‘proq bo‘larmidi?

- Yashasak – ko‘raveramiz. U – yosh yigit, butun futbolchilik faoliyati hali oldinda.

«Match TV» ma'lumotlariga ko‘ra, Jasur Jalolliddinov hozirda o‘z uyi – Navoiy shahrida bo‘lib, oilaviy ishlari bilan band. O‘zbekiston yoshlar jamoasining yig‘ini esa bekor qilingan.

Usmon Ibodov tarjimasi