O‘zbekistonda qog‘oz xomashyosiga yillik talab 290 ming tonnadan ortiq. Shundan 140 ming tonnadan ortig‘i – ofset va gazeta qog‘ozlariga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyundagi yig‘ilish bayonida yozilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, O‘zbekiston 2019 yilda jami 11,2 mln dollarga 8,3 ming tonna qog‘oz va karton mahsulotlari eksport qilgan bo‘lsa, shu davrda qariyb 213 ming tonna qog‘oz mahsulotlarini import qilish uchun 247,2 mln dollar sarflagan.

Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston birgina qog‘oz mahsulotlari uchun kattagina miqdorda valuta sarflamoqda. Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida ham bu xususda ma'lumot keltirib o‘tilgan.

Albatta, vaziyatni o‘nglash uchun mamlakat katta salohiyatga ega, buning uchun toshdan qog‘oz ishlab chiqarishni jadal sur'atlarda ko‘paytirish talab etiladi. Zero, 2019 yil iyulda Farg‘onada MDH mamlakatlarida ilk bor toshdan (ohaktosh) qog‘oz ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ishga tushirildi.

Davlat rahbari 2019 yil 6–7 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida toshdan qog‘oz ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishib, ushbu investitsiya loyihasini va innovatsion texnologiyali qog‘oz ishlab chiqarishni boshqa hududlarda ham joriy etish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Afsuski, ayrim tumanlarda rahbarlar o‘zgarishi ortidan avvalgi hokimlar chiqargan qarorlarni bekor qilish oqibatida bu topshiriqni bajarish ham sun'iy to‘siqlarga duch kelmoqda.

Xususan, Buxoroning Kogon tumanida ohaktosh (kalsiy karbonat)dan qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish va 4 mln AQSh dollariga teng ishlab chiqarish korxonasini barpo qilib, 100dan ortiq odamni ish bilan ta'minlashni reja qilgan yosh tadbirkor yigit – Behzod Toshev