Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ma'lum qilishicha, hujjatga muvofiq, Toshkent shahar hokimligi 2021 yil davomida bosqichma-bosqich barcha tumanlarning aholi uchun qulay bo‘lgan ko‘chalarida umumiy uzunligi 50 kilometr bo‘lgan piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo‘laklari»ni tashkil etadi.

Mazkur maqsadlar uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Toshkent shahar hokimligiga 2023-2024 yillarda qaytarish sharti bilan 20 million AQSh dollari miqdorida foizsiz ssuda ajratiladi.