Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda birinchi sinf o‘quvchilariga mamlakatda ishlab chiqarilgan kompyuterlar sovg‘a qilinadi
Bosh vazirning ta'lim va fan masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mammetmirat Geldiniyazov Agzybirlik tilsimaty korxonasi birinchi sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan kompyuterlarni ishlab chiqargani ma'lum qilgan.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov birinchi sinf o‘quvchilariga yangi yil sovg‘asi sifatida mamlakatda ishlab chiqarilgan kompyuterlarni tuhfa etish topshirig‘ini berdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, bosh vazirning ta'lim va fan masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mammetmirat Geldiniyazov prezidentga Agzybirlik tilsimaty korxonasi birinchi sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan kompyuterlarni ishlab chiqargani to‘g‘risida hisobot bergan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, kompyuterlarning texnik ko‘rsatkichlari jahon standartlariga javob beradi. Ularga o‘rnatilgan dasturlar ta'lim beruvchi turli vazifalarni bajaradi va uchta: turkman, rus va ingliz tillarida ishlaydi.
Qayd etilishicha, Berdimuhamedov bosh vazir o‘rinbosariga ushbu kompyuterlarni birinchi sinf o‘quvchilariga taqdim etish ishlarini tashkillashtirishni buyurgan.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
11:24 / 11.05.2026
“Kelajakni kvant kompyuterlarsiz tasavvur qilish qiyin” – MIT’ni maqsad qilgan farg‘onalik o‘quvchi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026