U-Report loyihasi yoşlarning töylarni 30 kişi iştirokida ötkazişga munosabatini örganiş maqsadida sörovnoma ötkazdi.
Sörovnomada iştirok etgan 14 ming respondentning 63 foizi ixçam töylar ötkazilişini qöllab-quvvatlagan, 18 foizi esa ma'qullamasligini bildirgan.
Hamaşatli töy ötkazişga nima sabab bölişi haqidagi savolga iştirokçilarning 54 foizi «odamlarning fikri», 20 foizi esa «yoşlar va ularning ota-onalari qiladigan orzu-havas», deb vaj keltirgan.
Şuningdek, respondentlarning 47 foizi ixçam töyda iqtisod qilinadigan pulni mulk xaridiga, 17 foizi ota-onasining hordiq çiqarişi uçun, 12 foizi töydan keyingi sayohatga sarflaşini bildirgan.
Töy-ma'rakalarni ixçam ötkaziş tartibi qonuniylaştirilişini istaysizmi, degan savolga 70 foiz qatnaşçi «ha» deb javob bergan.
Sörovnoma xulosasiga köra, ixçam töylarni ötkaziş eng köp Farğona vodiysida ommalaşgan, Qoraqalpoğiston Respublikasida eng kam tarqalgan.



Ma'lumot uçun, U-Report loyihasi yoşlar orasida ularning hayotiga taalluqli sörovnomalar ötkaziş bilan şuğullanadi. Sörovnomalarning natijalari parlamentga qarorlar qabul qilişda foydalaniş uçun taqdim etiladi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda karantin davrida töy-marosimlarni ötkaziş taqiqlangan, karantin yumşatilgaç, ularni eng köpi bilan 30 kişi iştirokida ötkazişga ruxsat berilgan edi.
Avgust oyida «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida töy marosimlarini 30 kişilik tartibda ötkazilişini doimiy saqlab qoliş haqida petitsiya











