«Bugun hayotimdagi eng muhim kunlardan biri. «Shanxay SIPG» bilan xayrlashmoqdaman. Bu jamoa meni chin mehr bilan qabul qilgan edi. To‘rt yil davomida meni qo‘llab-quvvatlagan klub muxlislariga rahmat. Qolaversa, klub futbolchilari va rahbariyatidan ham minnatdorman. Biz Superliga va Superkubokda zafar quchib, katta natija qayd etdik. Qiyin damlarda ham bir-birimizga ishondik, suyundik va g‘alabalarga ham birgalikda erishdik. Bu yerdagi faoliyatimdan juda ko‘p do‘stlar orttirib qaytayapman. «Shanxay SIPG»dek katta oilamga chin yurakdan minnatdorchilik bildirib qolaman», - deya xayrlashuv murojaatini e'lon qilgan Xalk instagramdagi sahifasida.

Avvalroq, 34 yoshli braziliyalik forvardga sobiq klublari «Zenit» va «Portu» qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingan edi.