Hazorasp tumani, Ovşar qişloği, «Istiqlol» mahallasidagi «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligi 2005 yilda Döstjon Xakimov tomonidan paxta-ğalla yönalişi böyiça taşkil qilingan. 2019 yildagi «optimallaştiriş» natijasida yer maydonlari 108,6 gektarga yetkazilgan. Kasbi meliorator-irrigator bölgan 66 yoşli Döstjon aka şu yilning yozigaça yerlardan foydalanib kelayotgan edi.
2020 yil 7 iyul kuni Boğot tumanlararo iqtisodiy sudi Hazorasp tumani hokimligining da'vosini qanoatlantirib, «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligi yerlarini tuman zaxira yerlari hisobiga qaytariş haqida qaror çiqardi. Fermerning sözlariga köra, hokimlik yerni qaytarib oliş uçun sudga qalbaki hujjatlarni taqdim qilgan. Ammo bu holatga şu paytgaça ötkazilgan sud mahkamalarida huquqiy baho berilmay kelmoqda.

Nima voqea yuz berdi?
2020 yil aprel oyida Hazorasp tumani hokimligi «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligi yerlarini davlat zaxirasiga qaytariş uçun birinçi va muvaffaqiyatsiz urinişni amalga oşirgan. Bu haqda Kun.uz saytida «Hazorasplik fermer yerdan mahrum qilindi, u mutasaddi taşkilotlar işidagi çalkaşliklardan şikoyat qilmoqda» nomli maqola e'lon qilingan edi.
2020 yil yozida Hazorasp tumani hokimligi «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligi yerlarini davlat zaxirasiga qaytariş uçun ikkinçi urinişni amalga oşiradi. Jumladan, fermer xöjaligining 109,8 gektar yerini davlat zaxirasiga qaytariş söralib, Iqtisodiy sudga da'vo arizasi kiritilgan. E'tibor bergan bölsangiz, yer maydoni 108,6 gektar emas, aynan 109,8 gektar deb körsatilgan. Darhaqiqat şunday, bu joyda raqamlar töğri keltirilgan.
2020 yil 7 iyulda Boğot tumanlararo iqtisodiy sudi Hazorasp tumani hokimligining da'vo arizasini qanoatlantirdi va «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligining «109,8 gektar yer maydonini» tuman zaxira yerlari hisobiga qaytariş haqida qaror çiqardi. Bu safar tuman hokimligining urinişi «muvaffaqiyatli» böldi.
Sud qaror qabul qilişda Hazorasp tumani hokimligi bilan «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligi örtasida «109,8 gektar yer»dan foydalaniş uçun ijara şartnomasi tuzilmaganini, bu Yer kodeksining 31-moddasiga zid ekanini ta'kidlab, fermer yerlardan noqonuniy foydalanib kelgan deb hisobladi.
Darhaqiqat, Yer kodeksining 31-moddasida yer uçastkasiga bölgan huquqning qaçon vujudga kelişi bayon etiladi. Ya'ni yuridik va jismoniy şaxslarning yer uçastkasiga bölgan huquqi joyning özida çegaralar belgilanganidan, yer uçastkalarining planlari (çizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uçastkalariga bölgan huquq davlat röyxatiga olinganidan keyin vujudga keladi. Oddiyroq şarh beradigan bölsak, yerni ijaraga oliş şartnomasi tuzilib, imzolanib, davlat röyxatiga olinmagunça yerdan foydalaniş mumkin emas.























