2020 yilning 10 dekabr kuni Özbekistonning Mustaqil davlatlar hamdöstligiga raisligi doirasida videokonferensiya şaklida hamdöstlik iştirokçi davlatlari Taşqi işlar vazirlari kengaşining majlisi bölib ötadi.

Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov raisligida ötkaziladigan majlis işida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarboyjon, Qirğiziston, Qozoğiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston taşqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qömitasi raisi – ijroçi kotibi Sergey Lebedev iştirok etadi.

Tadbir çoğida hamdöstlik doirasidagi hamkorlikda erişilgan natijalar va aloqalarning yangi ustuvor yönalişlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşiniladi. 

Şu bilan birga, MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida imzolanişi rejalaştirilgan hujjatlar loyihalari ham muhokama qilinadi, deyiladi Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabarida.