Tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi tasdiqlandi

Foto : KUN.UZ /arxiv
Vazirlar Mahkamasining «Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Norma'ning yozishicha, quyidagilar belgilandi:
- yuzaga kelgan tabiiy ofatlarning ko‘lamiga qarab (lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy) aholiga yetkazilgan zarar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda shahar va tumanlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiyalarining taqdimnomalariga muvofiq qoplanadi;
O‘zbekiston budjet qonunchiligiga muvofiq zararni qoplash Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjat bilan tasdiqlangan nizom tabiiy ofat yuzaga kelgan hududda o‘zboshimchalik bilan qurilgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulklar, shuningdek qimmatbaho metallarga tatbiq etilmaydi.
Sug‘urta obekti hisoblangan badiiy qiymatga ega buyumlar hamda mol-mulkka tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zarar fuqarolik qonunchiligiga muvofiq sug‘urtalovchi tashkilot hisobidan qoplanadi.
- Shuningdek, nizomda quyidagilar qayd etildi:
- tabiiy ofatlar oqibatida etkazilgan zararni aniqlash va baholash ishlarini tashkil etish tartibi;
- zararni aniqlash tartibi;
- yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish tartibi;
- tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan shaxslarga etkazilgan zararni qoplash tartibi;
- tabiiy ofat oqibatida og‘ir tan jarohati olgan fuqarolarga hamda tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a'zolariga bir martalik moddiy yordam to‘lash tartibi.
Moliya vazirligi, FVV, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga sug‘urtalovchi tashkilotlar bilan birgalikda aholining mol-mulk va yashash joylarini tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish vazifasi topshirildi.
FVV, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, DSQ huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, Gidrometeorologiya xizmati markaziga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda tabiiy ofatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlarda yashovchi aholi bilan profilaktika tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish vazifasi topshirildi.
Hujjat 26.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 24 may kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 15:31
-
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
Jahon | 15:18
-
OAV: Hamasning navbatdagi qo‘mondoni Muhammad Sinvar ham o‘ldirildi
Jahon | 15:06
-
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
O‘zbekiston | 13:37
Mavzuga oid

18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi

18:24 / 22.02.2025
Braziliyada kichik shaharchani yer yuta boshladi

15:51 / 07.11.2024
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararni qoplab berish rejalashtirilmoqda

17:00 / 05.11.2024