IIV axborot xizmati xabariga köra, uşbu ma'lumotlar haqiqatdan yiroq. Şuningdek, Özbekiston böylab harakatlanib yurgan va voyaga yetmaganlarga qiziqiş bildiruvçi jinoiy guruhlar paydo bölganligi haqidagi xabarlarda ham asos yöqligi aytiladi.
IIV asossiz ma'lumotlar tarqatib, vahima uyğotayotgan kimsalarning şaxslarini aniqlaş böyiça çora körmoqda.
«Hurmatli fuqarolar, sizdan miş-mişlardan kelib çiqqan asossiz ma'lumotlarni tarqatmaslikni söraymiz. Vahima va miş-mişlar manbai bölib qolmang.
Agarda sizda biror-bir ma'lumot bölsa içki işlar organlari bilan boğlanib, uni aniqlaştirib oling», - deyiladi xabarda.

















