O‘zbekiston | 15:49 / 10.12.2020
4508
2 daqiqa o‘qiladi

«Mamlakat uchun reytinglarga kirish asosiy maqsad bo‘lmasligi kerak. Farovonlikning asosi iqtisodiy o‘sishdir» - Sergey Guriyev

Moliya vazirligida “O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni baholash" mavzusidagi II Xalqaro reytinglar forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Sergey Guriyev Foto: Andrey Gudzenko

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, forumda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy sessiyalar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Parij siyosiy tadqiqotlar instituti professori Sergey Guriyevning fikricha, «Doing Business» biznes uchun mamlakatda yaratilgan sharoitlar va investitsion iqlimni baholash bo‘yicha asosiy reytinglardan biri hisoblanadi.

«Lekin mamlakat uchun reytinglar va turli indekslarga kirish asosiy maqsad bo‘lmasligi kerak. Farovonlikning asosi iqtisodiy o‘sish va xorijiy investitsiyalar ko‘payishi, mahalliy biznes tomonidan ish o‘rinlarining ko‘proq yaratilishi hisoblanadi.

Shuningdek, doimiy ravishda biznes regulyator ta'sir doirasini o‘rganib chiqish va bu jarayonlarni to‘xtatib qo‘ymaslik kerak, bu juda ham muhim. Qonunchilikda doimo biznes uchun hukumat bilan muloqot kanallari bo‘lishi kerak. Nima kerak yoki yo‘qligini biznesmenlar yaxshi bilishadi va ular regulyatorlar bo‘yicha takliflar bera olishi kerak», – deya professorning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid