Qoraqalpoğistonda Orolböyi iqlimiga moslaştirilgan intensiv boğ barpo etildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi ADM Agro korxonasining sanoatlaşgan intensiv boğida yölga qöyilgan zamonaviy agrar tajriba bilan tanişdi.
Loyiha Orolböyining murakkab iqlimi va şör tuproq şaroitida intensiv boğdorçilikni rivojlantirişga qaratilgan. Unga 55 milliard söm mablağ yönaltirilgan.
Intensiv boğning umumiy maydoni 330 gektarni taşkil etadi. Loyiha doirasida mahalliy aholi uçun 100 ta doimiy iş örni yaratilgan. Hozirda 69 gektar maydonga 250 ming tup qora olxöri köçati ekilgan. Uşbu nav şör yerlarga çidamli bölib, ekilganidan keyin ikki yilda hosilga kirişi aytilmoqda.
UzAuto Motors kompaniyasidagi davlat uluşi sotuvga çiqariladi
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyalaridagi davlat uluşini xususiylaştiriş böyiça tender eʼlon qiladi. Bu haqda agentlik direktori örinbosari Alişer Miraliyev maʼlum qildi.
UzAuto Motors hozir Chevrolet brendi ostida avtomobil işlab çiqaradi va texnologik jihatdan butunlay GM litsenziyalari hamda butlovçi qismlariga boğlangan.
Ehtimoliy xaridorlardan biri sifatida Xitoyning SAIC-GM-Wuling qöşma korxonasi keltirilyapti. Bu Özbekistondagi Chevrolet modellari qatori uzoq vaqtdan beri Xitoy va Lotin Amerikasidagi modellar qatori bilan çambarças boğliqligi bilan izohlangan.
YPX inspektori ölimiga sabab bölgan Doniyor Turğunovga sud hukmi öqildi
BMW maşinasida yöl-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eşnazarovni urib yuborib, uning ölimiga sabab bölgan voyaga yetmagan Doniyor Turğunovga nisbatan yuritilgan jinoyat işi yuzasidan yopiq sud majlisi nihoyasiga yetdi. Sud hukmi bilan unga 2 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
2010-yilda tuğilgan Doniyor Turğunov Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismining «d» bandi böyiça (jabrlanuvçining vafotiga sabab bölgan darajada qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) aybdor deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 85-moddasi tartibida 2 yil-u 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Eslatib ötamiz, marhum kiçik serjant Hosilbek Eşnazarov prezident farmoniga köra, «Jasorat» medali bilan mukofotlandi va uning oilasiga Toşkent şahridan 3 xonali kvartira berildi.
Toşkentdagi 26 ta maktabda sunʼiy intellekt yordamida davomat oliş tizimi işga tuşdi
Toşkentning Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda öquvçilar davomatini smart-kamera va Face ID texnologiyasi orqali avtomatik nazorat qiluvçi SI Davomat tizimi işga tuşirildi. Öquvçi uzrli sababsiz dars qoldirsa, uning ota-onasiga SMS-xabar yuboriladi.
Tizim taʼlim sifatini oşiriş, öquv jarayonini muntazam tahlil qiliş va öquvçilar davomatini nazorat qilişga möljallangan. Loyiha maktablardagi jarayonlarni raqamlaştirişning birinçi bosqiçi sifatida taqdim etilmoqda.
SI Davomat darslarning taşkil etilişi, öquvçilar faolligi va öqitiş usullarini fanlar, sinflar hamda öqituvçilar kesimida muntazam tahlil qilib boradi. Olingan maʼlumotlar öqituvçilarni uslubiy qöllab-quvvatlaş, taʼlim sifatini baholaş va KPI tizimini takomillaştirişda qöllanadi.
Aprobatsiya natijalariga qarab, tizimni Toşkent şahridagi boşqa maktablarda ham bosqiçma-bosqiç joriy etiş rejalaştirilgan.
Kontrakt töloviga çegirma
Özbekistonda pedagoglarning davlat oliygohlarida kunduzgi taʼlimda öqiyotgan farzandlari uçun tölov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi.
Çegirma faqat davlat oliy taʼlim muassasalarida kunduzgi taʼlim şaklida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uçun amal qiladi. Xususiy OTM, harbiylaştirilgan taʼlim taşkilotlari, xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari, magistratura, qöşma taʼlim dasturlari, sirtqi, keçki va masofaviy taʼlim şakllari uşbu imtiyoz doirasiga kiritilmaydi. Şuningdek, super-kontrakt asosida öqiyotgan talabalar ham mazkur çegirmadan foydalana olmaydi.
Çegirma har bir öquv yili uçun bir martadan beriladi va talabalar undan har yili qayta foydalanişi mumkin.
Imtiyozdan foydalaniş uçun har yili kontrakt.edu.uz tizimi orqali onlayn ariza topşiriş talab etiladi.
Şu bilan birga, agar talabaning ota-onasi pedagog maqomidan çiqarilsa, keyingi öquv yilidan boşlab mazkur çegirma qöllanişi töxtatiladi.











