Moliya vazirligi 2020 yilning III çoragida Özbekiston Respublikasining davlat qarzi holati va dinamikasi şarhini e'lon qildi.
Unga köra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida davlat içki qarzi dastlabki hisob-kitoblarga köra yil boşidan 0,2 mlrd. AQŞ dollariga oşib, 2020 yil 1 oktyabr holatiga qoldiği 2,3 mlrd. AQŞ dollarini taşkil qildi.
Şundan:
– hukumat nomidan jalb qilingan içki qarz (Davlat qimmatli qoğozlari) – 0,4 mlrd. dollar;
– hukumat kafolatlagan içki qarz –1,9 mlrd. dollar.
Şarhda davlat qimmatli qoğozlari böyiça ham ma'lumotlar keltirilgan.
2019 yilda muomala davri qisqa va örta muddatli bölgan umumiy qiymati 1 550,0 mlrd. söm miqdoridagi davlat qimmatli qoğozlari (DQQ) 15 ta elektron auksion savdolarini ötkaziş orqali joylaştirilgan bölsa, 2020 yilning 9 oyi davomida ötkazilgan elektron auksionlar orqali umumiy qiymati 4 194,8 mlrd. sömga teng davlat qimmatli qoğozlari joylaştirildi.













