Hazorasp tumani hokimligi «Endi kimga şikoyat qilişim kerak?» — hazorasplik fermerning yeri qalbaki hujjat bilan qaytarib olingan bölişi mumkin» maqolasiga munosabat bildirdi. Ammo asosiy savolni javobsiz qoldirdi.

Xorazm viloyati, Hazorasp tumani hokimligi «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligi yerlarining sud qaroriga köra, davlat zaxirasiga qaytarilgani, bunda hokimlik tomonidan sudga qalbaki hujjat taqdim qilgan bölişi mumkinligi haqidagi maqolaga munosabat bildirdi.
«Hazorasp tumanidagi «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligining yer maydonlari 2020 yil 7 iyul kungi Boğot tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan, tuman zaxira yer fondi hisobiga qaytarilgan.
Fermer xöjaligi tomonidan Boğot tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroridan norozi bölib, Xorazm viloyati iqtisodiy sudiga appellyatsiya şikoyati berilgan. Bunga asosan Xorazm viloyati iqtisodiy sudi 2020 yil 25 avgust kuni şikoyatni körib çiqib, Boğot tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarorini öz kuçida qoldirgan.
Undan keyin har ikkala sud hal qiluv qarorlaridan norozi bölgan «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligi Özbekiston Oliy sudiga nazorat tartibida şikoyat qilgan. Özbekiston Respublikasi Oliy sudi 2020 yil 13 oktabr kuni «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligining nazorat tartibidagi şikoyatini sudlov hay'atiga ötkazişni rad qiliş töğrisida ajrim çiqargan.
Sudga taqdim qilingan barça hujjatlarga har uçala sud bosqiçi huquqiy baho berganligini ma'lum qilamiz», - deyiladi bayonotda.
Avvalo saytimizda e'lon qilingan maqolaga tezkor munosabat bildirgani uçun Hazorasp tumani hokimligiga minnatdorçilik izhor qilamiz. Bu Xorazm viloyatining boşqa tumanlari hokimliklariga ham örnak bölişiga umid qilamiz.
Munosabatda «Xakimov Xakimjon» fermer xöjaligi işi Boğot tumanlararo iqtisodiy sudi va Xorazm viloyati iqtisodiy sudida körib çiqilgani, Oliy sud esa nazorat tartibidagi şikoyatni sudlov hay'atiga ötkazişni rad qiliş töğrisida ajrim çiqargani keltirilgan. Ammo bu şundoq ham bizga va öquvçilarimizga ma'lum edi. Maqolamizda bu haqda ma'lumot berganmiz.
















