Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neft narxi mart oyidan beri ilk bor 50 dollardan oshdi
Brent turidagi neft narxi Londonning ICE birjasidagi savdolar vaqtida 50 dollardan oshdi. Neft narxi oxirgi marta 6 mart kuni 50 dollardan yuqoriroq bo‘lgan.
Brent narxi oxirgi savdolar vaqtida 2,5 foizga ko‘tarilib, bir barreli uchun 50,09 dollarga, WTI turidagi neft narxi esa 2,6 foizga ko‘tarilib, 46,7 dollarga yetgan.
6 mart kuni OPeK+ davlatlari neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha bitimning yangi shartlari bo‘yicha kelisha olishmagan. Shundan keyin Brent narxi o‘sha kunning o‘zidayoq 50,25 dollardan 45,3 dollargacha tushib ketgan. Mart oyi davomida neft 2 martadan ko‘proqqa arzonlashib ketgan. Vaziyat shungacha borganki, aprelda WTI nefti umuman “nol” dollardan pastroq qiymatda sotilgan. Biroq aprelda OPeK+’ga kiruvchi davlatlar neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha yangi kelishuvga erisha olgan. Dekabrda esa neft hajmini 0,5 mln barrelga ko‘tarishga kelishildi. Buyog‘iga neft hajmi bo‘yicha kvotalar har oy qayta ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
08:45 / 24.06.2026
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
08:30 / 15.06.2026