Boşqaça qilib aytganda, Özbekiston 2005 yildan 2018 yilga qadar AQŞning diniy erkinlik böyiça «qora röyxati»da, 2018–2020 yillarda esa «kulrang röyxati»da turgan edi.

Umuman, Özbekistonning bu röyxatga kiritilişiga nima sabab bölgan? Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Muzaffar Komilov 10 dekabrdagi matbuot anjumanida uşbu savolga javob qaytardi.

«Özbekiston 2006 yildan boşlab bu röyxatga kiritilgan. 2006 yil nega bu röyxatga tuşganimizni hammamiz yaxşi bilamiz. Buning sabablari bölgan. (Qömita vakili bu örinda 2005 yil Andijonda sodir bölgan voqealarni nazarda tutgan bölişi mumkin – tahr).

Şu vaqtdan buyon Özbekistonga nisbatan boşqaça bir tasavvurda bölib kelingan. Özbekiston öşanda ham masjidlar yoki boşqa diniy taşkilotlarni oçiş yoki röyxatga oliş borasida taqiq qöymagan. Talabga köra, muayyan işlarni amalga oşirgan, faqat talablar va çeklovlar köproq bölgan bölişi mumkin.

Lekin sönggi 4 yil içida bevosita röyxatga oliş böyiça yengilliklar bölgani yoki ayrim çeklovlar butunlay olib taşlangani xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e'tirof etildi», – dedi Muzaffar Komilov.

Eslatib ötamiz, 2020 yil aprelida, Xalqaro diniy erkinlik böyiça AQŞ Komissiyasi (USCIRF) Özbekiston bu borada erişgan natijalarni e'tirof etib, mamlakat «maxsus kuzatuv röyxati»dan çiqişi uçun qonunçilikni xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş lozimligini bildirgan edi.

«Asosiy muammo – 1998 yilda qabul qilingan qonun. U diniy taşkilotlarni röyxatga olişni çeklaydi va qiyinlaştiradi. Komissiyamiz mana şu qonunni özgartirib, Özbekistonda huquqiy islohotlarni jadallaştirişga çaqiradi», – degandi komissiya raisi örinbosari Nadin Mayenza.

Ayni paytda «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonunga özgartişlar kiritilmoqda.

Avgust oyida qonunning yangi tahriri loyihasi e'lon qilindi. Sentyabrda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qonun loyihasini birinçi öqişda