10 dekabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Umid Rajabov aholi örtasida jismoniy faollikni oşiriş maqsadida  2021 yil 1 yanvardan respublikadagi barça taşkilot va muassasalarda sport tarğibotçisi lavozimi joriy etilişi haqida ma'lumot berdi.

Kun.uz muxbiri aynan şunday salomatlik tadbirlari boşlanişi bilan ayrim muassasalar xodimlarining turliça şaroitda ommaviy badantarbiya qilayotgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqda köpayişi holati yuzasidan mutasaddining fikrlari bilan qiziqdi.

 Uning aytişiça, sport bilan şuğullaniş ixtiyoriy, bu insonning öz soğliği uçun yaxşi. Bundan oldin şunday sport bilan şuğullaniş tarğib qilinganda köpçilik notöğri tuşunib majburiy tarzda, kerak bölsa darslarni töxtatib, stadionlarga olib çiqib ommaviy tarzda badantarbiya ötkazişgan. Bunday holatlar mas'ullargaça yetib borgan, örganilgan.

“Şunday majburiy badantarbiyalarning oldini oliş maqsadida bir neçta qarorlar imzolanib, şulardan bittasi joriy yilning 30 oktyabrida imzolangan “Soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş va jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantiriş töğrisida”gi farmon böldi. Şunga asosan 1 yanvardan respublikadagi barça taşkilot va muassasalarda sport tarğibotçisi lavozimi joriy etiladi”, — dedi Umid Rajabov.

Ma'lum bölişiça, sport tarğibotçisi özi faoliyat yuritadigan muassasada joriy tartib-qoidalar asosida sportni bevosita tarğib qiliş orqali xodimlarga va ular vositasida jamiyatga singdiradi.