Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng faol jismoniy tarbiya va sport targ‘ibotchilari «Zarafshon» konsert zalida taqdirlanadi – Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 yanvardagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 6-son Qarorining 2020 yildagi ijrosini ta'minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tanlov o‘tkazildi.
Ushbu tanlovda tashkilotlarning barcha bo‘linmalari miqyosida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazganligi uchun hamda aholining keng qatlami orasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun nominatsiyalarida g‘oliblar aniqlandi.


2019 yili korxona va tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Tashkilotlarning barcha bo‘linmalari miqyosida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazganligi uchun» nominatsiyasida g‘oliblik Toshkent viloyatining “Maxam-Chirchiq” aksionerlik jamiyatiga nasib etgan bo‘lsa, «Aholining keng qatlamlari o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun» nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi g‘olib, deb topilgandi.
2020 yili o‘tkazilgan tanlovda korxona-tashkilotlar o‘rtasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksionerlik jamiyati o‘z xodimlari orasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini muntazam ravishda tashkil etganligi uchun g‘oliblikka munosib ko‘rilgan bo‘lsa, «Aholining keng qatlamlari o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etganligi uchun» nominatsiyasida bu safar Toshkent shahar Mirobod tumani hokimligi eng ko‘p ovoz bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlov g‘oliblari «Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi» ko‘krak nishoni hamda O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2020 yil 17 dekabr kuni soat 16:00da «Zarafshon» konsert zalida tashkil etiladi. Barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali taqdirlash marosimiga tashrif buyurishi mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
20:18 / 14.01.2023
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
02:32 / 12.02.2021
O‘zbekistondagi sport inshootlarining bir kunlik quvvati qariyb 1,5 mln kishini tashkil etadi - Adliya vazirligi
00:18 / 12.02.2021
O‘zbekistondagi maktablarning 22,5 foizida sport zallari yo‘qligi ma'lum qilindi
19:17 / 22.12.2020