Qayd etilishicha, internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22,1 milliondan oshgan, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 19 million kishini tashkil etmoqda.

«Magistral transport telekommunikatsiya tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2ta loyiha yakunlandi. Natijada, respublika bo‘yicha 237ta obektda qurilmalar o‘rnatiladi», - dedi Sherzod Ahmatov.

Ma'lum qilinishicha, «Optik tolali aloqa liniyalarini qurish» loyihasi doirasida rejalashtirilgan obektlarga qadar 19 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 55,6 ming kilometrga yetkazildi (yil rejasi 10 ming kilometr).