Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA)ni tan olingan xalqaro federatsiyalar röyxatidan çiqardi. Bu qaror XOQning Parijdagi sessiyasida bir ovozdan qabul qilindi, deb xabar beradi RIA «Novosti» 23 iyul, seşanba kuni. Bugungi kunda federatsiyaga rossiyalik Umar Kremlev boşçilik qilmoqda. 

XOQ 2023 yilning yozida IBA’ni tan olişdan voz keçdi. Federatsiya qarorni «siyosiylaştirilgan» deb atagan holda Sport arbitraj sudi (CAS)da e’tiroz bildirmoqçi böldi, biroq uning şikoyati rad etildi.

2022 yil oktyabr oyida XOQ tavsiyalariga zid ravişda rossiyalik va belaruslik sportçilarga öz mamlakatlari bayroqlari ostida musobaqalarda qatnaşişga ruxsat berdi. Uşbu qarordan söng bir qator milliy federatsiyalar federatsiya tarkibini tark etdi. 

Xalqaro olimpiya qömitasining qarorini şarhlar ekan, IBA rahbari Umar Kremlev özi rahbarlik qilayotgan assotsiatsiya «kamsitişlarga yöl qöymaydigan mustaqil va şaffof taşkilot», şuning uçun ham u «XOQning tomoğidagi suyak» ekanligini aytdi.

XOQ va xalqaro alohida sport turlaridagi assotsiatsiyalar Belarusdagi hukmron rejim tomonidan qöllab-quvvatlangan Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli hujumi boşlanganidan söng, rossiyalik va belaruslik sportçilarni xalqaro musobaqalarda iştirok etişdan çetlatgan edi.