Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda Içki işlar vaziri matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov vazirlik xodimlarini tasvirga oliş va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiş borasidagi savolga javob berdi.

“Biz hozir şu yönalişda xodimlarimiz, jurnalistlar va fuqarolar uçun videorolik tayyorlayapmiz. Aniq qilib sizga aytaman, biz içki işlar organlari — davlat xizmatçisimiz. Davlat xizmatçisini xohlagan odam, xohlagan vaqtda tasvirga olişi mumkin va xohlagan platformaga uşbu videoni qöyişi mumkin. Bu heç qayerda taqiqlanmagan.

Lekin bitta narsa mumkin emas va iltimos qilinadi: xodimlarning işiga xalaqit beriş kerak emas. Içki işlar organlari xodimlari, Post-patrul va yöl-patrul xizmati xodimlari işiga xalaqit bermagan holda xohlagan joyingizda va xohlagança tasvirga olişingiz mumkin”, — dedi vazirlik matbuot xizmati rahbari.