Wall Street Journal naşri Intel Corp. va Accenture PLC tadqiqotçilariga asoslanib xabar berişiça, ilğor neyromorfik hisoblaş texnikasi an'anaviy avtomobilga simsiz ulanadigan kompyuter va grafika qismlaridan kamroq quvvat talab qiladi. Avtomobillarga örnatilayotgan hozirgi sun'iy ong köplab ovozli va işorali buyruqlarni tuşunmaydi. Bu öşa funksiyalar işlaşi uçun yetarli quvvat mavjud emasligi bilan ham boğliq.
«Avtomobil kompaniyalari sun'iy ongning kamroq quvvat sarflaydigan neyromorfik hisoblaş metodlari nega foydaliroq ekanini tuşunib yetişyapti. Ular hozirgi çiplarning zarur darajada sozlanmasligi ustida iş olib borişyapti», deydi Accenture Labs’ning texnik tadqiqotçisi Tim Şi.
Germaniyaning Mercedes-Benz avtokonserni ötgan hafta Intel kompaniyasining Neuromorphic Research Community loyihasiga qöşilganini e'lon qildi. Loyiha avtomobillarga örnatiladigan sun'iy ong bilan işlaydigan neyromorfik çiplarning quvvat sarfi, tezlik va aniqlikni yaxşilaşni örganadi.
«Erişgan bilimlarimiz bilan sun'iy ongni boşqaradigan dasturlarimizni tezlaştiramiz. Bu nafaqat bizning avtomobillar, balki uning atrofidagi ulovlarga ham tegişli», deydi Mercedes-Benz kompaniyasining kelajak texnologiyalari bölimi direktori Jasmin Ayxler.
«Intel firmasining neyromorfik çiplari beş yil içida sotuvga çiqadi», demoqda firmaning neyromorfik hisoblaş laboratoriyasi direktori Mayk Deyvis.
Neyromorfik çip bilan işlaydigan dastur örnatilgan avtomobillar içidagi odam qaltirayotganini sezadi va haroratni şunga moslaydi. Şuningdek, ular avtomobilni sekinlatiş yoxud oynani tuşiriş buyruğini ham taniy oladi. Çiplar bevosita avtomobilning öziga örnatiladi va işlaşi uçun taşqi aloqaga ulanişga hojat qolmaydi.
Accenture Labs joriy yilda nomi oşkor qilinmagan avtokonsern bilan neyromorfik hisoblaş texnikasi ustida tajriba ötkazdi. Tajribada Intel’ning Loihi nomli neyromorfik çipi «motorni yurgizing» kabi ovozli buyruqni taniy olgan. «Çip standart grafik protsessorlarga qaraganda 1000 barobar kamroq quvvat sarflaydi va 200 millisekundga tezroq işlaydi», deydi Tim Şi.
Intel korporatsiyasi neyromorfik hisoblaş ustida işlayotgan bir neça kompaniyalardan biridir. Undan taşqari, IBM, SynSense va Applied Brain Research ham ayni soha ustida izlanişlar olib boryapti. «Soha kamroq quvvat sarf etadigan sun'iy ongni rivojlantirişning yangi yöllarini izlamoqda», deya öz fikrini bildirgan Gartner Inc’da sun'iy ong tahlilçisi sifatida faoliyat yurituvçi Alan Prisli.
















