14 dekabr kuni Toşkentda «Özbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollar roli» mavzusida forum bölib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Forumda sözga çiqqan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ayollar huquqlarini ta'minlaş uçun nikoh şartnomasini ommalaştiriş zarurati haqida gapirdi.

“Ötgan hafta Adliya vazirligida oila qonunçiligini takomillaştiriş böyiça yiğiliş ötkazdik. Ajraşişlar soni köpayib bormoqda va ajraşganidan söng ayol heç narsasiz köçada qolmoqda. Ota-onasi yaxşi bölsagina uy yoki iş bilan ta'minlanmoqda. Lekin u ota-onasining uyida ikki nafar bolasi bilan alohida oila sifatida erkin yaşay olmayapti.

Davlat rahbari ham bu borada taklif berişimizni kutmoqdalar. Şu sababli biz mutaxassislar va deputat ayollar bilan adliyada bu mavzuni muhokama qildik. Köpçilik nikoh şartnomasini majburiy qiliş kerakligini aytmoqda. Lekin nikoh şartnomasi butun dunyoda, şuningdek, bizning qonunçilikda ham ixtiyoriy ekan, biz nega nikoh şartnomasini keng tarğib qilmayapmiz?

Biz himoya orderini ham ilk bor ta'sis qilganimizda heç kim olmasa kerak, bizning özbek ayollari buni uyat deb öylasa kerak, deb taxmin qilgan edik. Lekin hozirgi ma'lumotlarga köra, 8 mingdan ortiq ayol himoya orderini olişibdi. Xuddi şuningdek, nikoh şartnomasini ham tarğib qiladigan bölsak, bemalol yoş oilalar töydan oldin nikoh şartnomasini olişga erişişadi.

Bu işda özimiz şaxsiy namuna bölişimiz kerak. Çunki yoşlar rahbarlarga qarab örnak oladi”, – deya taklif bildirdi Senat rahbari.

Ma'lumot uçun, Oila kodeksining 29-moddasiga köra, nikoh şartnomasi – er va xotinning nikohda bölgan davrida va (yoki) ular nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovçi kelişuvidir.

  • Nikoh şartnomasi nikoh davlat röyxatiga olinguniga qadar ham, şuningdek nikoh davrida ham tuzilişi mumkin. U yozma şaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanişi lozim.
  • Er va xotin nikoh şartnomasiga köra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini özgartirişga, er va xotinning barça mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, uluşli yoki alohida egalik qiliş tartibini örnatişga haqli.
  • Nikoh şartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bölğusi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilişi mumkin.