Samarqand şahridagi Mirzo Uluğbek köçasi oktyabr oyidan buyon yopilgan. Avval köçaning bir tomoni yopildi, keyin uning ham yarmi oçilib, şahardagi eng katta köçaning boşqa qismi yopildi. 4 oydan buyon bu yöl yopiqligi samarqandlik haydovçilarga qiyinçilik tuğdirmoqda. Bu yöl yopiqligi qolgan yöllarda ham tirbandliklar yuzaga keltirmoqda.

Ma'lum bölişiça, Mirzo Uluğbek köçasining «Dinamo» stadioni oldidan ötuvçi qismida yer ostidan ötiş yöli qurilmoqda. Yöl keyingi yil birinçi çorakda qurib bitkazilişi kutilmoqda.

Kun.uz muxbirining aniqlaşiça, quriliş loyihasi «Zarafşon loyiha» korxonasiga tegişli. Quriliş işlarini «Samarqand maxsus suv drenaj» korxonasi amalga oşirmoqda. Buyurtmaçi – «Samarqand suv quriliş invest» DUK.

Ma'lum bölişiça, Mirzo Uluğbek köçasidagi yangi yer ostidan ötiş yöli atrofidagi uylarni kanalizatsiya nosozligi sabab köp marta suv bosgan. Aynan şu muammo sabab bir marta yomğir yoğib, «Dinamo» stadionini ham suv bosgan edi. Qurilişdan közlangan asosiy maqsad aynan kanalizatsiya quvurlarini yangilaş bölgan. Atrofdagi 1,6 ming metr kanalizatsiya quvurlari yangilangan. Qaziş işlari vaqtida esa yer ostidan ötiş yöli qurişga qaror qilingan.

Kanalizatsiya quvurlarini almaştiriş va yer ostidan ötiş yöli qurişga 2,6 milliard söm sarflanişi kutilmoqda. Ma'lumot uçun, oldinroq Samarqandda 16 yil avval kömib taşlangan boşqa bir yer ostidan ötiş yöli oçilib, rekonstruksiya işlari boşlangan edi.