Alişer Abdullayev oliy ta'lim tizimida Raqamli universitet loyihasini yölga qöyiş közda tutilayotgani töğrisida ma'lumot berdi.

«Loyiha doirasida «Oliy ta'lim jarayonlarini boşqariş axborot tizimi» işlab çiqildi. Dastlabki bosqiçlar 2020-2021 öquv yilida kredit-modul tizimiga ötkazilgan 46ta oliy ta'lim muassasasida joriy etilmoqda.

Mazkur axborot tizimida har bir talaba özining şaxsiy kabineti orqali fanlarning elektron resurslari, dars jadvali, nazorat jadvali, davomati va özlaştirişi haqida ma'lumot olişi mumkin. Uşbu axborot tizimini joriy qiliş orqali 2021-2022 öquv yilidan boşlab OTMlarda talabalar reyting daftarçasi, guruh jurnallari bosqiçma-bosqiç bekor qilinadi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan taşqari, raqamlaştiriş dasturiga köra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining Toşkent viloyati filiali va Guliston davlat universitetida axborot texnologiyalari fakulteti taşkil qilinadi.