«Tibbiyot xodimlarining oylik masalasi judayam oğriqli. Sizni işontirib aytamanki, prezident yaqin kunlarda, yaqinlaşib kelayotgan 2021 yilda hamşiralar, şifokorlar, öqituvçilarning iş haqi bir neça baravar oşiriladi, deb aytdilar», – dedi Inoyatov 18 dekabr kuni Toşkentda boşlangan yoşlar forumidagi nutqida.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, vazir örinbosari xorijga işlaş uçun ketgan özbekistonlik şifokorlarni qaytariş masalasiga ham töxtalgan.
«Özbekistondagi maoşlarning pastligi va infratuzilmaning yetişmasligi tufayli köplab şifokorlar mamlakatni tark etişgan. Ular çet eldagi qulayliklar tufayli mamlakatni tark etişdi. Ularni qaytarişning yagona usuli – qoniqtiradigan maoş. Yaqinda prezident tez tibbiy yordam şifokorlarining iş haqini 1000 dollarga kötaramiz, deb e'lon qildi.
Agar Afrikada ular örtaça 3000 dollar maoş olsalar, bu yerda öşa maoş 1000 dollarga teng böladi. Biz endigina oyoqqa turayotgan yangi mamlakatmiz. Bosqiçma-bosqiç bu darajaga, albatta, yetib boramiz», – dedi soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari.
Eslatib ötamiz, noyabr oyida prezident Şavkat Mirziyoyev öqituvçi va şifokorlar maoşini 1000 dollarga yetkaziş niyati haqida yana bir bor ta'kidlagan edi.
«Oddiy muallim 1000 dollar iş haqi olmasa, u işga kelişi kerak emas. Şifokor ham xuddi şunday, 1000 dollar olmasa, ertaga uyga borib bolasini, nabirasini qanday boqadi? Qilişimiz mumkinmi? Mumkin», – degandi davlat rahbari.

















