Nukusda jamoat ishlari uchun oylik ololmagan ayollar ko‘chani to‘sib qo‘ydi. Mehnat vazirligi holat yuzasidan bayonot berdi
Joriy yil 17 dekabr kuni Nukus shahrida jamoat ishida qatnashgan bir guruh xotin-qizlar mehnat haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun avtomobil qatnov yo‘lida norozilik namoyishi o‘tkazgani to‘g‘risida ma'lumotlar tarqaldi.

Videodan kadr
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabarida aytilishicha, mazkur holat bo‘yicha vazirlik tomonidan tezkor o‘rganish o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, joriy yil noyabr oyida “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan kambag‘al oilalarning mehnatga layoqatli a'zolari bandligiga ko‘maklashish maqsadida Nukus shahrida 1 184 nafar ishsiz fuqaro qo‘shimcha ravishda mahalla fuqarolari yig‘inlari buyurtmasiga asosan jamoat ishlariga jalb etilgan va ularga 817 million so‘m ish haqi hisoblangan.
Amaldagi tartibga muvofiq, buyurtmachi – ish beruvchi tomonidan jamoat ishlarida bajarilgan ish hajmi to‘g‘risida dalolatnoma, jamoat ishiga qatnashganligini tasdiqlovchi qaydnoma (tabel) taqdim etilganidan so‘ng mazkur hujjatlar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoat ishlari jamg‘armasidan qo‘shimcha mablag‘lari moliyalashtirilib beriladi.
“Yuqoridagi holat yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va moliyalashtirishda mutasaddi xodimlar tomonidan o‘z vaqtida hal qilinmaganligi sababli Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan pul mablag‘lari joriy yil 5 dekabr kuni o‘rniga 15 va 17 dekabr kunlari o‘tkazilgan.
Hozirgi kunga qadar fuqarolarga 226 million so‘m ish haqi to‘lab berildi, qolgan 591 million so‘m mablag‘ Nukus shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 18 dekabr kuni to‘liq to‘lab beriladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Ta'kidlanishicha, o‘rganish yakuni bilan aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi. Mablag‘lar to‘liq to‘lab berilgani va aybdor mansabdor shaxslarga choralar ko‘rilganligi to‘g‘risida ma'lumot qo‘shimcha taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi o‘zgarmoqda
Iqtisodiyot | 12:05
-
Gagauziya rahbari Gutsul tergov izolyatoridan uy qamog‘iga o‘tkazildi
Jahon | 11:57
-
Toshkentda Sultoniya ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi
Jamiyat | 11:43
-
Toshkentda yuk mashinasiga urilgan Isuzu yonib ketdi. Qurbonlar bor
Jamiyat | 11:29
Mavzuga oid

19:59 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi

19:40 / 14.03.2025
Nukusda propan gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

08:00 / 18.02.2025