FIFA 2020 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski va sovringa da'vogarlar qancha ovoz olishganini e'lon qildi.

Yakunda The Best mukofoti sohibiga aylangan polshalik futbolchi 52%, «Yuventus»ning portugaliyalik forvardi Krishtianu Ronaldu 38%, «Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi 32% ovoz olgan. 
  
Ma'lumot o‘rnida, ovoz berish jarayonida barcha milliy jamoalar sardorlari, bosh murabbiylari va FIFA a'zolari qatnashgan.