ATB «Qişloq quriliş bank» öz mijozlariga körsatilayotgan barça turdagi xizmatlar sifatini yanada oşirib bormoqda. Buning natijasida mijozlar uçun qator yangi qulayliklar yaratilmoqda.

Hududlarda tatbiq qilinayotgan loyihalarni taniştiriş maqsadida ATB «Qişloq quriliş bank» tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uçun Qaşqadaryo viloyatiga press-tur taşkil qilindi.

Press-tur iştirokçilari bankning Qaşqadaryo mintaqaviy filiali yangi binosi oçiliş marosimida qatnaşdilar. Filialning yangi binosi «Qişloq quriliş bank» mijozlari uçun yangi yil arafasida öziga xos sovğa böldi deyiş mumkin. Oçiliş marosimida sözga çiqqan Bank Boşqaruvi, Qaşqadaryo viloyati hokimligi rahbarlari filialning yangi binosi respublika bank tizimida amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yana bir samarasi ekanligini ta'kidladilar.

Yangi binoda yaratilgan qulayliklar hisobiga endilikda bank mijozlari buxgalteriya hisob-kitoblari, valuta ayirboşlaş, pul ötkazmalari hamda turli tölovlar bilan boğliq zarur xizmatlardan şu yerning özida foydalaniş imkoniyatiga ega bölişdi. Elektron navbat tizimining mavjudligi esa bank xodimlari va mijozlar uçun qöşimça qulaylik yaratadi. Filialning zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlangani esa, sifatli xizmat körsatiş imkoniyatini oşiradi.

Bugungi kunda viloyatda «Qişloq quriliş bank»ning Kökdala va Yakkaboğ filiallari ham mijozlarga xizmatlar körsatmoqda.

Press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari bank filiallaridagi şaroitlar, körsatilayotgan xizmatlar bilan tanişdilar va mijozlar bilan suhbatlaşdilar.

Jurnalistlar bank tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan bir qator investitsion loyihalar, Yakkaboğ tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida mahalliy hokimlik idoralari va bank hamkorligida amalga oşirilayotgan sa'y-harakatlar bilan ham bevosita tanişdilar.

Xususan, Yakkaboğ tumanidagi «Çiroyli mebel» MÇJ, «Delta FBS» MÇJ korxonalarida va tumanda bank tomonidan taşkil qilingan Tadbirkorlarni öqitiş markazida qizğin muloqotlar böldi.