Toşkent şahar ma'muriy sudi apellyatsiya instansiyasi sudlov hay'ati arizaçi «UzAuto Motors» AJning javobgar Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga nisbatan yuritilgan ma'muriy iş yuzasidan qabul qilingan Toşkent şahar ma'muriy sudining joriy yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimiga nisbatan qömitaning apellyatsiya şikoyati körib çiqildi. Mazkur iş yuzasidan sudning qarori 2020 yil 18 dekabrda e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Sud qaroriga köra, Toşkent şahar ma'muriy sudining joriy yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimi özgarişsiz, Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining apellyatsiya şikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

18 dekabr kuni sud majlisi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining apellyatsiya şikoyatiga qöşimça kiritiş bilan boşlandi.

Apellyatsiya şikoyatini körib çiqiş davomida «UzAuto Motors» tomonidan turli vajlar keltirildi. Masalan, jamiyatning narx siyosati 2018 yilgaça davlat tomonidan tartibga solingani, ammo şundan keyin jamiyat kuzatuv kengaşi bu masalada mutlaq vakolatli ekani ta'kidlandi.

«UzAuto Motors»ning qömita maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas, deb topiş töğrisidagi arizasida, şuningdek, şu masala yuzasidan ötgan sud majlislari davomida jamiyat vakillari tomonidan bildirilgan tuşuntirişlarda şikoyat asoslaridan biri sifatida «monopol yuqori narx qöllangani» öz isbotini topmagani aytilgan. Bular aytmoqçiki, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi kompaniyaga nisbatan tekşiruvda monopol yuqori narx qöllanganini aniqlamagan, vajlar asossiz. Öz navbatida qömita vakillari «monopol yuqori narx qöllangani»ni asoslantiruvçi vajlarni keltirdi. Biroq, sudning hal qiluv qarorda uşbu vajlar inobatga olingan yo rad etilgani bildirilmagan», — deydi qömita vakili Sardor Otamurodov.

Sardor Otamurodov

Sudya qömita vakillaridan «UzAuto Motors» tabiiy monopoliya sub'yektiga mansubligini aniqlaştirişni söradi. Sardor Otamurodovning aytişiça, kompaniya tabiiy monopoliya sub'yekti emas, balki ustun mavqega ega xöjalik yurituvçi sub'yekt hisoblanadi.