UzAuto Motors kompaniyasi bilan sudlaşuvda yutqazgan Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi uşbu masalada «Milliy tiklaniş» partiyasi deputatlari oldida hisob berişi mumkin.
Partiya raisi Alişer Qodirov qömita rasmiysi bilan tortişuvidan keyin şunday deb e'lon qildi.
Aksilmonopoliya qömitasining hisoblaşiça, «UzAuto Motors» AJ şu yil bahorda avtomobil narxlarini asossiz oşirgan. Ammo qömitaning narxlarni tuşiriş böyiça monopolist korxonaga qöygan talabini sudlar rad etmoqda.
Deputat Qodirov, bu sudlaşuv sababli Özbekiston iqtisodiyoti va UzAuto Motors obrösiga zarar yetgan va qömita bu zarar uçun javob berişi kerak, deb hisoblamoqda.
«Monopoliya qömitasi avtosanoatda qaror qanday qabul qilinişidan bexabarligi (sud qarori şu xulosani çiqarişga asos bölmoqda) Özbekiston iqtisodiyoti va UzAuto Motors kompaniyasining xalqaro reputatsiyasiga qança zarar yetkazganini hisoblaş va javob tayyorlaş qömita raisining birinçi örinbosarini kim masalani köproq tuşunişini ölçaşdan köra köproq öylantirişi kerak, aslida.
Partiya tomonidan sud jarayonlari yakunlanişi bilan Monopoliya qömitasining uşbu masalada eşituvini taşkil qiliş va tegişli xulosalar çiqariş böyiça taklif tayyorlanadi», – deya yozdi Alişer Qodirov Telegram'dagi kanalida.
Eslatib ötamiz, Aksilmonopoliya qömitasi raisining birinçi örinbosari Bobur Karimov 7 dekabr kungi matbuot anjumanida aytgandiki, UzAuto Motors narxlarni «asossiz oşirişi»ni töxtatişning faqat bitta yöli bor – boj tölovlarini kamaytiriş.

«Agar şu narsa hal bölmasa, UzAuto Motors işini har yili körib çiqişimiz, sudda yutişimiz ham mumkin. Biroq bu natija bermaydi, buning davosi — bozorda raqobatni paydo qiliş», – degandi u.
Uning bu bayonotiga «Milliy tiklaniş» partiyasi raisi Alişer Qodirov munosabat bildirgandi.












