FAOning Özbekistondagi vakolatxonasi «Özbekiston asalariçilari» uyuşmasi bilan hamkorlikda «Asalariçilikning barqaror rivojlanişini qöllab-quvvatlaş» texnik hamkorlik dasturi doirasida işlab çiqilayotgan innovatsion axborot almaşiş tizimini namoyiş etiş uçun tadbir taşkil qildi.

«Asalariçilikning barqaror rivojlanişini qöllab-quvvatlaş» FAO texnik hamkorlik dasturi mamlakatda asalariçilikni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Uşbu loyiha soha mutaxassislarini tayyorlaş va intellektual salohiyatini oşiriş uçun yangi imkoniyatlar oçadi. Dastur doirasida soha vakillari uçun xorijiy ekspertlar tomonidan öquv seminarlari, treninglar taşkil qilinadi, xorijiy davlatlarda kadrlar malakasini oşiriş amalga oşiriladi va Özbekistondagi asalariçilik sohasi uçun zamonaviy laboratoriya uskunalari yetkazib beriladi.

Dastur doirasida innovatsion axborot almaşiş tizimi işlab çiqilmoqda. Yangi tizim tufayli asalariçilar barça zarur öquv-statistik ma'lumotlarni oliş imkoniyatiga ega böladi. Yangi tizimda asalariçilar asalariçilik xöjaliklarini bir-biriga yaqin joylaştirmasliklari uçun maxsus xaritada aks ettiriladigan har bir asalariçining koloniyalari joylaşişi töğrisidagi ma'lumotlar ham kiritiladi.
Bundan taşqari, yangi tizim kimyoviy öğitlardan foydalaniş töğrisida erta ogohlantirişni ta'minlaydi, bu asalariçilarga asalarilarni nobud bölmasligi va asal hosilini yöqotmaslik uçun öz vaqtida çoralar köriş imkonini beradi.

















