Telegram messenjeri Android va iOS platformalaridagi ilovasining yangi – 7.3 talqinini taqdim etdi.
Ovozli çat
Yangi versiyadagi eng asosiy yangilik – istalgan guruhda ovozli çat taşkil etiş imkoni tuğilgan. Ya'ni guruhlarda messenjer foydalanuvçilari audiokonferensaloqa şaklida real vaqt rejimida suhbatlaşişlari mumkin.
Hayratlanarlisi, har bir ovozli çatda bir neça ming iştirokçi qatnaşa oladi. Audiokonferensiyada neça kişi bir vaqtning özida gapira olişini belgilab qöyiş imkoniyati bor.
Telegram groups get a new dimension with Voice Chats – persistent conference calls that run in parallel to existing text chats. Voice Chats add a live layer of ephemeral talk to the group and can be used as informal lounges or virtual office spaces.https://t.co/08dyFMWok6 pic.twitter.com/13XcszUzob
— Telegram Messenger (@telegram) December 23, 2020
Jönatilgan xabarlarni tahrirlaş qulaylaşdi
Telegram'da yuborilgan suratni köriş rejimida qalamça tugmasi paydo böldi. Uni bosgan holda, jönatilgan rasmga qayta işlov berib (qalamda çiziş, rang effektini qöşiş, stiker yopiştiriş), rasmni tahrirlaş mumkin.
Xabarni tahrirlaş vaqtida yana neçta belgidan keyin limit tölişini körsatuvçi indikator qöşildi.
Ovozli smayllar
Animatsiyali emodzilarning ayrimlari endi nafaqat «qimirlaydi», balki emodziga mos tovuş ham çiqaradi.
«Qimirlaydigan» smayllar soni ham oşgan.
Yangi versiyada şuningdek interfeys bilan boğliq boşqa kiçik özgarişlar ham örin olgan.
Ilovani Google Play va App Store'dan yuklab oliş mumkin.
Eslatib ötamiz, 2020 yilning avgust oyida Telegram videoqönğiroqlar xizmatini işga tuşirgan edi












