Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram videoqo‘ng‘iroqlar xizmatini ishga tushirdi
Uzoq kutilgan funksiyadan hozircha Android-smartfonlar egalari foydalana olishi mumkin. Telegram’dagilarning xabar qilishicha, Apple kompaniyasi ilovaning videoqo‘ng‘iroq xizmati qo‘shilgan yangilangan versiyasini e'lon qilishni paysalga solmoqda.

«2020 yil videoaloqalarni amalga oshirish uchun ishonchli vositalarga ehtiyoj borligini namoyish etib berdi va bugun biz Android uchun mo‘ljallangan ilovada videoqo‘ng‘iroqlarning alfa-versiyasini ishga tushiramiz (iOS uchun qo‘ng‘iroqlar imkoniyat tug‘ilishi hamono paydo bo‘ladi).
Videoqo‘ng‘iroqni ishga tushirish uchun foydalanuvchi profilida kamera belgisi tushirilgan tugmani bosing. Siz suhbat mobaynida ovozli qo‘ng‘iroq va videoqo‘ng‘iroq rejimini almashtira olasiz, shuningdek qo‘ng‘iroqni yakunlamasdan turib chatlarga yoza olasiz: videoqo‘ng‘iroqni ekran burchagiga kichikroq oyna ko‘rinishiga keltirib yig‘ishtirib qo‘yish mumkin», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, videoqo‘ng‘iroqlarda ma'lumotlarni himoyalash uchun ikki tomonlama shifrlashdan foydalaniladi. Ulanish xavfsiz amalga oshganini tekshirish uchun siz va suhbatdoshingiz ekranida paydo bo‘luvchi to‘rtta emodzini solishtirish kerak: agar simvollar bir xil bo‘lsa, maxfiy chatlar va ovozli qo‘ng‘iroqlarda bo‘lgani singari, qo‘ng‘iroq shifrlar bilan mustahkam himoyalangan bo‘ladi.
«Taassufki, iOS foydalanuvchilari Apple yangilanishni tekshirib chiqqunga qadar biz bilan birgalikda biroz kutishlariga to‘g‘ri keladi. Ehtimol, bu ayrimlar uchun foydalanuvchilar hamda ishlab chiqaruvchilarni ko‘proq hurmat qiluvchi mobil platforma (masalan, Android)ga o‘tish uchun sabab bo‘lib xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.
Ta'kidlash joiz, 14 avgust kuni Telegram messenjeri ishga tushganiga 7 yil to‘ldi. Tavallud kuni munosabati bilan ishlab chiqaruvchilar animatsiyalashgan emodzilar to‘plamini ham kengaytirishdi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
XJSdan Siluanov va Nabiullinani hibsga olish uchun order berish so‘raldi
Jahon | 08:41
-
O‘zbekiston ispanlar orasida sayohat uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi
O‘zbekiston | 08:25
-
AQSh va Yevropa Eron yadroviy kelishuvi uchun dedlayn belgilaydi
Jahon | 08:24
-
Muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 08:08
Mavzuga oid

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

19:42 / 12.07.2025
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi

20:36 / 28.06.2025
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi

00:50 / 22.06.2025