Adham Ikromov: Biz baribir sohalar bo‘yicha differensiallashgan QQSga o‘tamiz

Foto: Savdo-sanoat palatasi
23 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasi prezidiumining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yil yakunlari bo‘yicha palata faoliyat natijalari va 2021 yil istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda palata raisi Adham Ikromov o‘rta biznes masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
«Bizda kichik va juda kichik biznes rivojlangan. Ammo qo‘shni va xorijiy davlatlar bilan raqobatda, YaIMni oshirishda o‘rta biznesning roli katta. Kichik, o‘rta va yirik biznes tafovutlari aniq belgilanishi lozim» – dedi Adham Ikromov.
Shuningdek SSP rahbari QQS bo‘yicha ham fikr bildirdi.
«O‘zbekiston baribir sohalar bo‘yicha differensiallashgan QQSga o‘tadi. Dastlab biz 20 foizli QQSni istaganimizda kimdir 12 foizlini taklif qilgan. Davlat rahbarining irodasi bilan bu ko‘rsatkich 15 foizga tushirildi. Lekin baribir kelajakda biz QQS stavkalarini toifalar va sohalarga bo‘lish masalasini ko‘rib chiqishimiz kerak. Chunki Soliq qo‘mitasi biznesning rivojlanish tendensiyalari ortidan ulgurmay qolyapti», – dedi rais.
Tadbirda ma'lum qilinishicha, 2021 yildan boshlab palata xodimlarining faoliyatini baholashning KPI tizimi joriy etiladi.
2020 yilda palata a'zolari manfaatida 105 mingga yaqin da'vo ariza sudlarga kiritilgan; 1,8 mingta holatda nizolar mediatsiya jarayonida hal etilgan. 865 ta normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash bo‘yicha jamoatchilik ekspertizadan o‘tkazilgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQShning Eron yadro inshootlariga zarbalarini qoraladi
Jahon | 07:40
-
Turkiya: AQShning Eron yadro inshootlariga aviazarbasi Yaqin Sharqda tartibsizlikka olib keladi
Jahon | 07:23
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
Mavzuga oid

16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX

11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

10:56 / 18.03.2025