Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut va soliq texnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi

Qayd etilishicha:

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut tashkil etilgan;

Farg‘ona, Toshkent va Buxoro soliq kollejlari 2020-2021  o‘quv yilidan boshlab Institut huzuridagi Farg‘ona, Toshkent va Buxoro soliq texnikumlari etib qayta tashkil etilgan.

Davlat soliq qo‘mitasining Institut faoliyati va o‘quv jarayonini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi quyidagilarni hisobga olgan holda ma'qullanishi mumkin:

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Institutga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddati va tartiblari hamda kirish imtihonlari sanalarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan holda mustaqil belgilash, shuningdek Institutning bakalavr va magistratura yo‘nalishlariga kirish imtihon va talablarini belgilash;

o‘quv dasturlariga, xalqaro professional assotsiatsiyalar va birlashmalar, shu jumladan, ASSA (The Association of Chartered Certified Accountans) bo‘yicha ularning malakasini tasdiqlovchi sertifikatlarni olgan holda kasbiy ko‘nikmalar va maxsus bilimlarni o‘zlashtirishga doir fanlarni joriy etish;

iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlari va xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun pullik maqsadli kurslar tashkil etish;

Belgilanishicha:

soliq tizimida ishlayotgan va ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan soliq texnikumlar, shu jumladan Farg‘ona, Toshkent, Buxoro soliq kollejlari bitiruvchilari institutning bakalavr yo‘nalishiga kirish imtihonlarini topshirmasdan suhbat asosida o‘qishning ikkinchi yilidan boshlab o‘qishga kontrakt asosida qabul qilinadi;

iqtidorli talabalar uchun Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan grantlar ajratiladi;