Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mitsubishi Navoiyda qiymati deyarli 1 mlrd dollarga teng bo‘lgan kimyo majmuasi qurilishini yakunladi
2016 yil sentyabr oyida “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida qurilishi boshlangan “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish” majmuasida barcha ishlar yakunlanib, 2020 yil 23 dekabr kuni ilk karbamid mahsuloti olindi.
“O‘zkimyosanoat” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, loyiha qiymati 985,7 mln dollarga teng bo‘lib, moliyalashtirish 577 mln dollar miqdoridagi Yaponiya banklari va moliyaviy institutlari kreditlari, 320 mln dollar O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti hamda 88,7 mln dollar korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
Majmua Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industries Ltd va Mitsubishi Corporation kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Ishlab chiqarish texnologiyalari dunyoning eng yetakchi kompaniyalari, xususan, ammiak ishlab chiqarish bo‘yicha Daniyaning Haldor Topsoe, karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha Italiyaning Saipem kompaniyasi hamda karbamid granulyatsiyasi bo‘yicha esa Germaniyaning Uhde kompaniyalari tomonidan yetkazib berildi. Asosiy texnologik uskunalar Yaponiya va Yevropadan keltirildi.
Loyihani ishga tushirish va sozlash ishlari joriy yilning oktyabr oyida boshlandi hamda 53 kunda tayyor mahsulot olishga erishildi. Bu Mitsubishi Heavy Industries Ltd va Mitsubishi Corporation kompaniyalari tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘lgani aytiladi.
Majmuada 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqariladi. Ammiakning 330 ming tonnasi yangi karbamid ishlab chiqarishga va 330 ming tonnasi mavjud ammiakli selitra ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. Loyiha to‘liq quvvatga chiqqanda 1,4 trln so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqariladi va kimyo tarmog‘ining 9,5 foizga o‘sishiga olib keladi. Yiliga budjetga 600 mlrd so‘m miqdoridagi tushumlarni ta'minlaydi hamda 58 mln dollarlik qo‘shimcha mahsulot eksport qilinadi.
Loyihani amalga oshirish natijasida 1964 yilda qurilgan “Navoiyazot” AJ 1- va 2-ammiak ishlab chiqarish sexlari foydalanishdan chiqariladi.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026