Britaniyalik olimlar himoya niqoblari koronavirusdan yuqori darajada himoya qilişini aniqlaşdi. Tadqiqot natijalari The Royal Society Open Science jurnalida çop etildi.
Qayd etilişiça, nafas çiqarişda ajralib çiqadigan tomçilar koronavirus yuqişining asosiy yöli hisoblanadi. Ijtimoiy masofaga rioya qiliş böyiça tavsiyalar aynan mana şunga asoslangan.
Tajriba davomida niqob taqiş ajralib çiqadigan tomçilar miqdorini kamida ming martaga kamaytirişi aniqlandi.
Olimlar şuningdek, yötalayotgan odamdan ikki metr masofada turgan niqobsiz odamning kasallik yuqtirişi ehtimoli yarim metr masofada oddiy bir qavatli niqobda turgan odamga nisbatan ön ming martaga köpligini aniqlaşdi.
Tadqiqot mualliflarining yozişiça, himoya niqobini taqiş yirik respirator tomçilarni tösişda yuqori samaradorlikka ega.

















