Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston masjidlarida Alloh Kalomi 12500 ga yaqin marotaba xatm qilinadi
25-30 dekabr kunlari O‘zbekistonning 2079ta masjidida xayriya tadbirlari o‘tkaziladi hamda xufton namozlaridan so‘ng, Qur'oni Karim xatm qilinadi. “Vaqf” xayriya jamoat fondining ma'lum qilishicha, shu kunlarda Alloh Kalomi 12480 marotaba xatm qilinadi. Bundan tashqari, iqtidorli imomlar tomonidan Imom Buxoriyning “Sahih”i ham xatm qilinadi.
Xayriya tadbirlarini o‘tkazishdan maqsad, aholining kam ta'minlangan, yordamga muhtoj qatlamini moddiy qo‘llab-quvvatlashdir. Shu munosabat bilan qurbonlik marosimlari tashkil etiladi.
“Vaqf” fondi tomonidan har bir mahallada muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami tarqatiladi. Bundan tashqari, joylardagi “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida osh dasturxonlari yozilib, maishiy texnika vositalari tarqatiladi.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026