Bir neça kun avval Davletovuz Telegram-kanalida Jizzax viloyat hokimi Ergaş Soliyevning qizi Nargiza Soliyevaga tegişli korxona viloyat hududida gullar va daraxtlar ekiş böyiça ötkazilgan umumiy qiymati 2 milliard söm bölgan tanlovlarini yutib olgani haqida suriştiruv e'lon qilingandi. Bugun kanalda «Jizzaxça tenderlar-2» sarlavhali yangi suriştiruv paydo böldi.

Unga köra, Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Rahmonqulov Akrom Bahriddinoviçning qarindoşlari ijtimoiy va boşqa soha obektlarini quriş böyiça bir neça yuz milliard sömlik davlat buyurtmalarini qölga kiritgan. Qiziği, Akrom Rahmonqulov qarindoşlari yutgan tenderlarda komissiya rahbari sifatida qatnaşgan.

Oçiq manbalardagi ma'lumotlarga köra, viloyatdagi aksariyat davlat buyurtmalari Akrom Rahmonqulovning qarindoşlari deya taxmin qilinayotgan şaxslarga tegişli xususiy kompaniyalar örtasidagina taqsimlab olingan. Tenderlarda faqatgina qarindoşlarning firmalari qatnaşgan.

1. Rahmonqulov Akbar Bahriddinoviç 100 foiz uluşiga egalik qiladigan hamda Rahmonqulov Alişer Bahriddinoviç rahbarlik qiladigan «J-Quruvchi» MÇJ Davletovuz hisob-kitobiga köra, 120 milliard sömdan ortiq davlat buyurtmalarini qölga kiritgan. Postda aytilişiça, Akbar Bahriddinoviç Rahmonqulov danakli va pöçoqli uruği bölgan mevalar yetiştiriş bilan şuğullanadigan «Qöniş Bobo Maxsus Boğlari» MÇJ, betondan qurilish uçun buyumlar işlab çiqariş bilan şuğullanadigan «Zenatkor Temir Beton Buyumlari» MÇJning (korxonaga Rahmonqulov Adham Bahriddinoviç rahbarlik qiladi) töliq ta'sisçisidir.

2. Bahriddinov Şuhratjon Akramoviç töliğiça ta'sisçi bölgan «Qurilish Ta'minoti» MÇJ ham kamida 80 milliard sömlik davlat buyurtmalarini tenderda «yutib olgan». Şuhratjon Rahmonqulov 1997 yildan beri işlab keladigan «Kamol» xususiy korxonasi egasi ekani ham aytilgan. Bu kompaniya ham viloyatda katta qurilişlardagi iştiroki bilan tanilgan.

3. Toşpölatov Ixtiyor Baxtiyoroviç töliq ta'sisçisi bölgan «Abduvohid Qurilish Ta’mir» MÇJ 61 milliard sömga yaqin davlat buyurtmalarini tender asosida, şuningdek, töğridan-töğri (manzilli dasturlar asosida) qölga kiritgan. Toşpölatov Ixtiyor Baxtiyoroviç ham ona tarafdan Rahmonqulovlarga qarindoş bölişi mumkinligi aytilmoqda.