“Toshshahartransxizmat” xabarida aytilishicha, imtiyozli transport kartalari bepul bo‘lib, faqat kerakli hujjatlarni taqdim etgan holda, fuqaro o‘zi tanlagan tarif uchun to‘lovni amalga oshirishi kerak. 

Yanvar oyidan sotuvga chiqariladigan elektron oylik yo‘l chiptalari, yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida, 2021 yil yanvar oyi uchun avtomatik tarzda 30 kunlik tariflar bilan taqdim etiladi.
 
Bundan oldin, Toshkentda yagona transport kartasi pullik bo‘lgani xabar qilingandi